Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik

 

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Kasbingiz nechog`liq sermashaqqat va sermehnatligini barchamiz to`g`ri anglaymiz. Siz tomoningizdan yoziladigan har bir material ko`z nuri, qalb qo`ri bilan dunyoga keladi. Mazkur materiallarda esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotining keng jabhalari, xalqimizning kundalik turish-turmushi, ularni qiynayotgan muammolardan tortib, shodu xurramligi onlarigacha o`z aksini topadi.

Bugun barchangizning aholini tezkor va ishonchli axborot bilan taʼminlash borasida olib borayotgan ishlaringizni yana bir bor eʼtirof etgan holda, yurtimiz isteʼmolchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va isteʼmol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni yoritishdagi hamkorligingiz uchun ham o`z minnatdorchiligimni izxor etaman.

Yurtimiz tinch, mamlakatimiz kundan-kun obod bo`laversin. Barchangizning xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, o`zlaringiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, ishlaringizga omad va zafarlar, ijodingizga esa rivoj tilayman.

Аxrorjon Raxmonaliev

Hududiy birlashma raisi

Post Comment