Kasb bayramingiz muborak bo`lsin

Kasb bayramingiz muborak bo`lsin

 

Har yili 27 iyun mamlakatimizda «Matbuot va ommaviy axorot vositalari xodimlari kuni» sifatida keng nishonlanib keladi. Federatsiya va uning hududiy organlari faoliyatini keng yoritib borilishi va aholining keng qatlamlariga yetkazilishida esa ularning o`rni va roli beqiyosdir.
Shuningdek, boshqarmalarimizning jurnalistlar bilan va o`zaro hamkorlik qilishida, jamoatchilik bilan keng aloqalarni yo`lga qo`yishida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining ham o`ziga xos o`rni va roli borligini barchamiz eʼtirof etamiz.
Shundan kelib chiqqan holda, hududiy birlashmaning ijtimoiy hamkori, tashkilotimizning ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik olib borishida o`zining amaliy va uslubiy ko`magini berib kelayotgan mazkur Аgentlikning Farg`ona viloyat boshqarmasi jamoasiga kasb bayrami munosabati bilan hududiy birlashma raisining Tashakkurnomasi topshirildi.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Post Comment