Tar`gibot oyligi tadbirlari doirasida

Tar`gibot oyligi tadbirlari doirasida

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 4-umumta’lim maktabi jamoasi bilan uchrashuv tashkillandi.

Targ‘ibot oyligi doirasida tashkillangan mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, Murojaatnomadan kelib chiquvchi vazifalar, qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar, shuningdek “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javblar qaytarildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment