Tayanch guruhlari bilan yuzma-yuz muloqot

Tayanch guruhlari bilan yuzma-yuz muloqot

Tizimda e’lon qilingan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida Toshloq tuman jamiyati mas’ullari tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘lib “Har birimiz iste’molchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.

Davra suhbatida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman jamiyati raisi E. Mirzaumarov axborot berdi. Bu borada “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari katta ahamiyatga ega ekanligi yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbir davomida yurtimizda qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish va unda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash borasida Federatsiya va uning hududiy organlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ ajmiyati mutaxassisi

Post Comment