Ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi 2, 3 va 4-umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirokida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va uning ijrosi borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlar tashkillandi.
Tadbirlar davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati va ularning ijrosi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlar berish barobarida, ana shu qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarining ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi va «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlarining tutgan o‘rni va ahamiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbirlar doirasida ta’lim sohasi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda, jamiyatda qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish va unda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash borasida Federatsiya va uning hududiy organlari bilan yaqin hаmkorlikda ish olib borishga chaqirildi.
Ikromjon Abduraximov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment