Iste’molchining huquq va majburiyatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi

Iste’molchining huquq va majburiyatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi

Uchko‘prik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan tumandagi 36-umumta’lim maktabida tashkillangan navbatdagi targ‘ibot tadbiri “Iste’molchi kim? Uning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?» deb nomlanib, unda maktab o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish juda keng soha bo‘lganligi, ko‘plab qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlarni o‘z ichiga qamrab olishi boisidan, ushbu yo‘nalishda mamlakatimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirishdan, Federatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlanishidan ko‘pchilik manfaatdor ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tildi.

Shuningdek, seminar doirasida tayanch guruhlari va a’zolarining iste’molchilik ijtimoiy harakati va Federatsiya faoliyatidagi ishtiroki, faol fuqarolarni ijtimoiy harakatga jalb etish, tayanch guruhlari va iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish, Federatsiya Ustavi va ichki tartibiy hujjatlari bilan belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish borasida mazkur jamoalar oldida turgan vazifalar muhokamasi ham o‘tkazildi.

Shu kuni tuman jamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilardan aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalalarida kelib tushayotgan bir qator murojaatlar va ularda ko‘tarilayotgan masalalarni muhokama qilish maqsadida «Farg‘ona hududgaz ta’minoti» Uchko‘prik tuman bo‘limi boshlig‘i B. Sobirov bilan ham uchrashuv tashkillandi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment