Hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
Toshloq iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan joylardagi tayanch guruhi a’zolari bilan yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda. Navbatdagi o‘quv seminari “Biz barchamiz iste’molchimiz” deb nomlanib, tumandagi Irrigasiya bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.
Suhbat davomida jamiyatimiz xodimlari tomonidan iste’molchilik ijtimoiy harakatining hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati, barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqib, sohaning dolzarbligi va bu boradagi huquqiy bilimning ahamiyati yuzasidan gapirilib, qonun ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish joizligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarish barobarida, ulardan ayrimlarining tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, elektr energiyasi hamda iste’mol krediti masalalaridagi o‘rganib chiqilishini talab etuvchi murojaatlari rasmiy qayd qilinib, ularni belgilangan tartibda o‘rganib chiqish va hal qilib berish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment