Iste’mol madaniyati sari
Toshloq tuman bste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi 22-sonli Musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminari ana shunday nomlandi.
Unda maktab o‘qituvchilari ishtirok etishib, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan iste’molchilik bilimlarini oshirdilar.
Ishtirokchilarga iste’molchilik huquqlari buzilgan xolatlarda Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlariga og‘zaki, yozma va elektron shaklda murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari, iste’molchilarga bu borada yaratilayotgan qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar to‘g‘risida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Savol-javoblarga boy bo‘lgan muloqot davomida bir nechta fuqarolardan murojaatlar qabul qilinib, ularni qonuniy hal qilib berish ishlari ham boshlab yuborildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment