Fuqaroni tashvishga solgan muammoga yechim topildi

Fuqaroni tashvishga solgan muammoga yechim topildi

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Ittifoq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi R.Axmadjonovaning 2020 yilning 14 oktyabr kunida foydalanilgan tabiiy gaz uchun amalga oshirgan to‘lovi gaz idorasi komp’yuter bazasida ko‘rinmayotganligi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi o‘tgan yilning 14 oktyabr kunida Xalq banki to‘lov kassasiga foydalanilgan tabiiy gaz uchun 100 000 (yuz ming) so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Lekin o‘sha yilning dekabr oyida uni xonadoniga tashrif buyurgan gaz idorasi xodimlariga to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi kvitansiyani ko‘rsatgan iste’molchiga aynan oktyabr oyida amalga oshirgan to‘lov idora komp’yuter bazasida ko‘rinmaganligi, o‘sha oyda amalga oshirilmagan to‘lov evaziga qarzdorlik kelib chiqqanligini aytilgan va mavjud qarzdorlikni bartaraf qilib qo‘yish bo‘yicha ogohlantirish berilgan. Shundan so‘ng iste’molchi bank muassasasiga kelib, to‘lovni amalga oshirgan kassa xodimi M.M.ga yuqoridagi holatni aytgan va muammoni hal qilib berilishini so‘ragan. Lekin mazkur masala joriy yilning aprel oyiga qadar hal etilmasdan kelgan.

Murojaatni tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganish jarayonida bank xodimi M.M.ning tushuntirish berishicha, o‘sha kuni kassa oldida mijozlar ko‘p bo‘lganligi sababli, komp’yuter dasturiga iste’molchi shaxsiy hisob raqamini kiritish chog‘ida adashib ketganligi, bu holat mijoz oradan ikki oycha vaqt o‘tib to‘lov gaz idorasidagi shaxsiy hisob raqamiga tushmaganligini aytib kelgan kunida ma’lum bo‘lganligini bildirib, gaz idorasi xodimlari bilan bog‘lanib mazkur muammoni hal qilish masalasida gaplashganida ular amaliy yordam berishlarini aytganliklarini, shundan so‘ng fuqaroni ularga jo‘natganligini, masalani shu kunga qadar hal bo‘lmasdan kelayotganligidan xabari yo‘qligini ma’lum qilib, muammoni o‘zi tomonidan bartaraf qilishga tayyorligini bildirgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda muammo murojaatni o‘rganish jarayonida hal etildi. Tabiiy gaz uchun boshqa hisob raqamga adashib o‘tkazib yuborilgan mablag‘ bank xodimi hisobidan qoplanib, tegishli hisob raqamga o‘tkazilishiga hamda iste’molchining muammosi ijobiy hal etilishiga erishildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida tomonlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni targ‘iboti olib borildi.

Dilorom Mirzayeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment