O‘tkazilgan matbuot anjumani doirasida hamkorlar taqdirlandi
Farg‘ona viloyati hokimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Farg‘ona viloyati hokimi, shahar va tuman hokimlari hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da hududiy birlashma rahbar va mas’ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirokida «Iste’molchilarning ma’lumot olish huquqi: joriy ahvol, qonun ijrosini ta’minlash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar. Sud idoralari yordamida iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish: sohadagi yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘tkazilgan anjuman doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan hududiy birlashmaning quyidagi hamkorlariga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alar taqdim etildi:
Shoxidbek Aslanov – AOKA Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i. Yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini, shuningdek iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni keng yoritish yo‘nalishida ko‘rsatilayotgan amaliy va uslubiy yordamlar uchun;
Ilxomjon Eshmatov – Milliy teleradiokompaniyaning “O`zbekiston 24” telekanali Farg‘ona viloyat bo‘yicha muxbiri. Yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini, shuningdek iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni keng yoritishdagi hissasi, joylarda Federatsiya tashabbusi bilan barpo etilayotgan “Iste’molchi kutubxonasi” va “Iste’molchilar uylari” to‘g‘risida tayyorlangan turkum axborot-informasion lavhalar uchun;
Toxirjon Shukurov – Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi muharriri. Yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini, shuningdek iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni keng yoritishdagi hissasi, viloyat hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari faoliyati haqidagi ko‘rsatuvlar va axborot lavhalari uchun;
Shahnoza Saidjonova – Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi radio guruhi rahbari. Yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini, shuningdek iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni keng yoritishdagi hissasi, Farg`ona FM 90.8 radiosida tashkillangan “Iste’molchi huquqi”, “Farg`ona FM javob beradi” radioloyihalari uchun;
Sardorbek Tursunov – Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi telejurnalisti. Yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini, shuningdek iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni keng yoritishdagi hissasi, “Huquqingizni biling” teleloyihasi uchun;
Ibroximbek Xalimbekov – “Ruxsor” teleradiokompaniyasi bosh muharriri. Yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini, shuningdek iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni keng yoritishdagi hissasi, viloyat hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari faoliyati haqidagi ko‘rsatuvlar va axborot lavhalari uchun;
Shavkatjon Yodgorov – “Iste’mol madaniyati” gazetasi bosh muharriri. Yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini, shuningdek iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni keng yoritishdagi hissasi, viloyat hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari faoliyatidan turkum materiallar uchun;
Timur Yuldashev – “Nuqtainazar.uz” sayti admini, bloger. Yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini, shuningdek iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni keng yoritishdagi hissasi, hududiy birlashmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni samarali faoliyat ko‘rsatishi yo‘lida olib borilayotgan hamkorlik uchun.
Quyidagi xodimga “Ishdagi yutuqlari uchun sertifikat” topshirildi va pul mukofoti bilan taqdirlandi:
Nargizaxon Sheraliyeva – Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati matbuot va axborot mutaxassisi. Hududiy birlashma tomonidan e’lon qilingan “Targ‘ibot oyligi” va “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasidagi tadbirlarni samarali tashkillash borasidagi xizmatlari uchun.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment