Xotira ulug`, qadr muqaddas

Xotira ulug`, qadr muqaddas

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, shuningdek, ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning hotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash maqsadida «Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas» shiori ostida bayramoldi tadbirlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqovning Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Farg‘ona tumani, “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini, 8 mart ko‘chasida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Orifjon ota Mo‘minov xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi.

Federatsiya Matbuot xizmati

Post Comment