Aholining uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari qanday?
Statistika qo‘mitasi rasmiy saytida aholining uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Uzoq muddat foydalaniladigan buyumlarga esa televizor, sovutgich va muzlatgichlar, kondisionerlar, elektr changyutgichlar, shaxsiy komp’yuterlar, kir yuvish mashinalari, mobil telefonlar hamda avtomobillar kiritilgan.
Agar 2010 yilga nisbatan solishtirilsa, eng katta o‘sish (5 barobar) aholining shaxsiy komp’yuterlar bilan ta’minlanish sohasiga oid bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich 2010 yildagi har 100 ta xo‘jalikka 12 tadan 2020 yilda 60 taga yetgan.
Statistik ko‘rsatkich bugungi kunda har bir xo‘jalikda o‘rtacha bittadan sovutgich yoki muzlatgich mavjudligini qayd qilgan bo‘lsa, kir yuvish mashinalari bilan ta’minlanish darajasi ham har bir xo‘jalikka bittadanga yaqinlashib borayotganligi ijobiy hol.
Mamlakat bo‘yicha olinganda har ikkita xo‘jalikka bittadan yengil avtomobil to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, televizorlar har bir xo‘jalikka 1,6 ta, mobil telefonlar esa salkam 3 tadan to‘g‘ri kelmoqda.
G‘ayrat Mamatqulov
Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari
Post Comment