To‘lov to‘langan, ammo …

To‘lov to‘langan, ammo …

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Tog‘liq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi F.Qurbonovning og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Iste’molchining iddao qilishicha, uning “Farg‘onasuvta’minot” MChJ Toshloq tuman filialiga ichimlik suvi uchun to‘lagan 121 ming so‘m mablag‘i korxonaning komp’yuter bazasiga kiritilmay, fuqaroga nisbatan qarzdorlik hisoblangan.

Murojaatni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablaridan kelib chiqqan holda o‘rganib chiqilishi jarayonida, “Farg‘onasuvta’minot” MChJ Toshloq tuman filialida ham bo‘lib masalaga oydinlik kiritishga harakat qilindi.

O‘rganish natijalari fuqaro haqiqatan ham korxona xodimiga to‘lovni amalga oshirganligi, lekin bu mablag‘ komp’yuter bazasiga kiritilmasdan qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Amalga oshirilgan ishlar jarayonida ushbu to‘lov summasini komp’yuter dasturiga kiritilishi ta’minlandi.

Oxirgi natijalar iste’molchining qarzdor emas, balki xaqdor ekanligini ham ko‘rsatib berdi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment