Da’vo qilingan qarzdorlik asossiz chiqdi

Da’vo qilingan qarzdorlik asossiz chiqdi

Quva tumani Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi iste’molchi U.Axmedov tuman jamiyatiga tabiiy gaz to‘lovlari bo‘yicha chiqarilgan qarzdorlikdan norozi bo‘lib murojaat qilgandi.

Dastlab iste’molchining xonadonidagi gaz hisoblash uskunasi va xonadon egalari tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish kunida gaz hisoblash uskunasi ko‘rsatgichi 6636 m3, amalga oshirilgan to‘lovlar hisoblagichning 6667 m3 ga qadar. Bundan kelib chiqadiki, iste’molchi 31 m3 ga yoki 11 780 so‘mga haqdor.

Murojaatni o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, gaz idorasi xodimlari tomonidan eski gaz hisoblash uskunasini yangisiga almashtirish jarayonida, almashtirilayotgan gaz hisoblash uskunaning ko‘rsatgichlari, e’tiborsizlik oqibatida, noto‘g‘ri kiritib yuborilishi natijasida 797 769 so‘m qarzdorlik kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tuman jamiyati tomonidan gaz idorasiga chiqarilgan xatda asossiz qarzdorlikni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha talablar qo‘yilib, iste’molchiga ham bu haqda ma’lum qilindi.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment