Hududiy ijro etuvchi tashkilotlar xodimlariga faxriy yorliqlar topshirildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdagi hisobot konferensiyasi qarori bilan Federatsiyaning Farg‘ona viloyati hududida faoliyat olib borayotgan bir qator hududiy ijro etuvchi tashkilotlari xodimlari “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlangandi.
Bugun hududiy birlashma ijro etuvchi apparatida Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari, Quva, Farg‘ona, Yozevon hamda Toshloq tuman jamiyatlarida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlarga Federatsiya raisi nomidan «Faxriy yorliq»lar topshirildi.
Hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliev «Faxriy yorliq»larni o‘z egalariga topshirar ekan, tizim faoliyatini har tomonlama rivojlantirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatlari uchun ularga Federatsiya hamda hududiy birlashma rahbariyatlari nomidan minnatdorchilik izxor qildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment