Sog‘liqni saqlash vaziri Farg‘onada tizim xodimlari, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan uchrashdi
Bugun Farg‘ona shahridagi San’at saroyida Sog‘liqni saqlash vaziri Bekzod Anvarovich Musaev viloyatdagi tibbiyot muassasalarida turli darajadagi lavozimlarda mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tizim xodimlarining, shuningdek sohaga taalluqli o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan bo‘lg‘usi shifokor va kichik tibbiyot xodimlarining tibbiyot tizimiga oid muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha takliflari, ish faoliyatiga oid hamda shaxsiy murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, aholi hamda sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ham o‘zlarini qiynab turgan muammolar bo‘yicha vazirga o‘z murojaatlarini hamda takliflarini bildirib o‘tdilar.
Sog‘liqni saqlash vaziri uchrashuv doirasida bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, murojaatlar va takliflar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirib o‘tib, mutasaddilarga ularni hal qilish bo‘yicha o‘zining yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalarini berib o`tdi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Rasmlarni Muqimjon Qodirov olgan
Post Comment