Jamiyat faollari yig‘ilishi o‘tkazildi

Jamiyat faollari yig‘ilishi o‘tkazildi

Federatsiya kengashi qaroriga asosan hududlarda tuman (shahar) jamiyatlari tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazilishi belgilanganligi haqida xabar berib o‘tgandik. Kengash qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oltiariq tumanida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tayanch guruhlari faollari yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibidan Federatsiyaning yangi tahrirdagi ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasi, viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasiga vakillar saylash masalalari o‘rin oldi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni atroflicha ko‘rib chiqdi hamda tegishli qarorlarni qabul qildi.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman ajmiyati mutaxassisi

Post Comment