Yana bir ta’lim maskanida tadbir o‘tkazildi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi ta’lim muassasalarida amaldagi qonunchilik asoslari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari tizimli asosda o‘tkazib borilmoqda. Shahardagi 5-umumta’lim maktabida shunday tadbirlardan yana biri tashkillandi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng quloch yoyishi, aholining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirilishi, aholining turli qatlamlari vakillari o‘rtasida jamoatchilik nazoratini keng targ‘ib qilish borasidagi fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Ushbu jarayonlarda Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlarining o‘ziga xos o‘rni va roli mavjudligiga ham e’tibor qaratib o‘tildi.
Tadbirda so‘z olgan shahar jamiyati raisi A.No‘monov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar, joriy yil istiqboldagi rejalar xususida yig‘ilganlarga axborotlar berib o‘tib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardi.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment