Yuzma-yuz muloqotlar davom etadi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari hududdagi ta’lim muassasalarida xodimlari bilan ochiq, yuzma-yuz muloqotlarni tizimli asosda davom ettirmoqdalar.
O‘tkazilayotgan tadbirlarda Federatsiyaning tayanch guruhlari tashkillangan ta’lim muassasalarida tayanch guruhi a’zolari holidan xabar olish, tayanch guruhlari tashkillanmagan muassasalarda xodimlar (iste’molchilar)ni iste’molchilik ijtimoiy harakatiga jalb qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, aholining keng qatlamlarini sohaga oid yangiliklardan xabardor qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Xuddi shunday tadbirlardan biri shahardagi 50-maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillanib, unda tashkilot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi, huquqiy maslahatlar berildi, shuningdek qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli ravishda qayd qilib olinib, ularni hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment