Iste’molchilik ijtimoiy harakati va jamoatchilik nazoratining ahamiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda sohaga oid qonunchilik targ‘iboti yuzasidan turli tadbirlar tashkillanmoqda.
Shahar jamiyatining 2022 yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyatini aholi qatlamlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali aholi vakillarining xuquqiy ongi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish maqsadida Federatsiyaning shahardagi tayanch guruhlari tashkillangan korxona va tashkilotlarda ishchi xodimlar ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib borilayotganligi haqida xabarlar berib borayapmiz.
Shunday tadbirlardan yana biri shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazilib, unda tibbiyot xodimlariga amaldagi qonunchilik asoslari, qonunchilik ijrosi ta’minlanishida iste’molchilik ijtimoiy harakatining o‘rni va roli, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati, sohaga oid yangiliklar xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Azamatjon Boboev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment