Aholining iste’molchilik sohasiga oid qonunchilik asoslaridan xabardorligini oshirish borasidagi tadbirlar davom etmoqda
Xabar berib borayotganimizdek, Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan korxona va tashkilotlarda turli ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazib kelmoqdalar. Shahar Tibbiyot birlashmasi mas’ullari va tibbiyot xodimlari ishtirokida ana shunday tadbirlardan yana biri o‘tkazildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tibbiyot xodimlariga iste’molchilik ijtimoiy harakatining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli, mazkur harakatning aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirishdagi hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi ahamiyati va roli, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar xususida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tibbiyot xodimlarini sohaga oid qonunchilik asoslari, bu boradagi yangiliklardan boxabar bo‘lib borish, buning uchun esa shahar ajmiyati bilan bu borada hamkorlik masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir doirasida muassasa xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment