Iste’molchining huquq va majburiyatlari tushuntirilmoqda
Quva tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan Yangihayot qishloq vrachlik punkti xodimlari ishtirokida “Iste’molchi kim? Iste’molchining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?» degan mavzuda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik asoslari, shuningdek sohaga oid yangiliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ta’kidlandiki, bugungi kunda mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bazasi shakllantirilgan, sohaga oid qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlariga zamon talablaridan kelib chiqib o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borilmoqda. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan sohaga oid qonunlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida turli yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. Bularga O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘rsida”gi qonunida nodavlat notijorat tashkilotlari uchun berilgan huquq va imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘tkazilayotgan jamoatchilik monitoringlari, kuzatuvlari, jamoatchilik fikrini o‘rganish va jamoatchilik eshituvlarini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, Federatsiyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘lgan aholining sohaga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida turli shakllardagi ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishidagi tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. Shuning barobarida Federatsiya xalqaro hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ymoqda.
Muloqot doirasida ishtirokchilarning iste’molchilik sohasiga oid murojaatlari tanglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi, shuningdek ularning sohani rivojlantirish borasidagi fikr va mulohazalari hamda takliflari ham eshitildi.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman jamiyati mutaxassisi
Post Comment