Iste’molchilik sohasiga oid masalalar yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Bag‘dod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida tumandagi Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 88-yordamchi maktab internati pedagog xodimlari bilan ham uchrashdilar.
Uchrashuvda maktab internat pedagog xodimlariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari faoliyati yuzasidan atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, mazkur tashkilotlar xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi hamda iste’molchilik sohasiga oid muammolarga duch kelinganda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalariga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
Dilorom Mirzaeva
Bag‘dod tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment