Qo‘shtepa tuman jamiyatining o‘tgan davrda amal oshirilgan ishlari tahlil qilindi
Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mutasaddilari tashabbusi bilan brifing tashkillandi. Brifingda jamiyatning 2021 yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda joriy yilga mo‘ljallangan rejalari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ta’kidlandiki, tuman jamiyati mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatining kichik bir bo‘lagi sifatida yurtimizda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan o‘tgan 2021 yilda Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar, Federatsiya markaziy apparati va hududiy birlashma topshiriqlari ijrosini ta’minlash, tuman jamiyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasidan kelib chiqqan holda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillandi, amaldagi qonunlar asosida iste’molchilarning murojaatlari asosida ularning huquqlarini himoya qilish ishlari amalga oshirildi, jamoatchilik nazoratiga doir o‘rganish va kuzatuvlar o‘tkazildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarning sohaga oid masalalardagi fikr va mulohazalari tinglandi hamda ularnig savollariga javoblar qaytarildi.
Ma’rifatxon Saidova
Qo‘shtepa tuman jamiyati raisi
Post Comment