Birlamchi ehtiyoj tovarlarini manzilli yetkazib berilayotganligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

Birlamchi ehtiyoj tovarlarini manzilli yetkazib berilayotganligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan ham O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5430-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda hududiy birlashmadan berilgan topshiriq asosida aholiga un mahsulotlarini manzilli yetkazib berilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

O‘rganish ishlarida aholiga yuqoridagi mahsulotlarni manzilli yetkazib berilishi barobarida, ushbu jarayonda amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlari ham o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar doirasida mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti o‘tkazilib, bu boradagi tegishli tavsiyalar ham berib borilmoqda.

Husniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment