Texnikumda ta’lim olayotgan yoshlar bilan uchrashildi

Texnikumda ta’lim olayotgan yoshlar bilan uchrashildi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari hududdagi ta’lim muassasalari ishchi-xodimlari bilan iste’molchilik sohasining turli masalalari yuzasidan seminarlar va davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazish barobarida, ana shu ta’lim muassasalarida bilim olayotgan yoshlar bilan ham uchrashib ularga sohaga oid huquqiy targ‘ibot ishlarini o‘tkazmoqdalar.

Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumi o‘quvchilari ishtirokida «Men yosh iste’molchiman» mavzusi ostida o‘tkazilgan tadbirda yoshlar bilan amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Mutaxassislar ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha axborotlar ham yetkazilib, ularning mamlakatimiz iste’molchilik harakatida ishtirok etishlarining tartib-qoidalari tushuntirildi.

Shuning bilan birgalikda, yoshlarga iste’molchi sifatidagi huquqlari buzilgan taqdirda Federatsiya va uning hududiy organlariga yozma, og‘zaki va elektron tarzda murojaat qilish tartiblari haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment