Alohida ta’lim olish ehtiyoji bo‘lgan bolalarga bilim berish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Alohida ta’lim olish ehtiyoji bo‘lgan bolalarga bilim berish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Ma’lumki, Hukumatimiz tomonidan jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarga ham davlat tomonidan bepul ta’lim olishlari borasidagi huquqlari ta’minlab berilgan. Buning huquqiy asoslari esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yilning 12 oktyabrida “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 638-son qarori bilan belgilab berilgan.

Farg‘ona shahar iste’molchilar uhquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan, Federatsiya topshirig‘i asosida, shahar hududida yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan «Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalarning ta’lim olish sharoitlari bilan tanishilmoqda. O‘rganishlar doirasida 43-umumiy o‘rta maktabiga biriktirilgan alohida ta’lim olish ehtiyoji mavjud o‘quvchining ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Hozirda shahardagi boshqa maktablar bo‘yicha xuddi shunday toifadagi o‘quvchilarning ta’lim olish sharoitlari bilan tanishish bo‘yicha o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassisi

Post Comment