Ichki bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligi qonun talablariga mosmi?

Ichki bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligi qonun talablariga mosmi?

Ichki bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlab berilishi, bu jarayonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlanishida mazkur bozorlar qoshida tashkil etilgan veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyalarining o‘ziga xos o‘rni mavjud bo‘lishi barobarida, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar ham mavjud.

Jumladan, bozorlar hududiga sotish uchun olib kirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari: go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq, tuxum, meva va sabzavotlar hamda boshqa mashulotlar sifat hamda xavfsizlik talablariga qay darajada javob bera oladi, degan savolga mahsulotlardan olingan namunalarning ana shu VSE laboratoriyalariga topshirilishi va tegishli tekshirishlardan o‘tkazilishi natijalariga ko‘ra, sotuvchilarga taqdim qilinadigan ma’lumotnomalar javob bo‘lib hisoblanadi.

Mamlakatimizga pishiqchilik mavsumi kirib kelayotganligi, ichki bozorda sotilayotgan mahsulotlarning tegishli talablarga javob berishini nazorat qiluvchi idoralarning o‘z xizmat vazifalarini qay darajada uddalayotganliklari, bu boradagi muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda tegishli takliflarni ishlab chiqqan holda daxldor idoralarga taqdim qilish maqsadida, hududiy birlashma tashabbusi bilan dehqon va oziq-ovqat bozorlarida qoshidagi VSE laboratoriyalari faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari ham tuman hududidagi bozorlarda qonunchilik talablari ijrosini o‘rganib bormoqdalar.

Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment