Mamlakatimiz bo‘ylab «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimiz bo‘ylab «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Bugun respublikamiz bo‘ylab barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, tadbirlarda bitiruvchilarga o‘z oldilariga qo‘ygan orzulari ushalishi va maqsadlariga yetishishlari tilandi. Birinchi sinf bitiruvchilarini esa maktab jamoasi a’zosi sifatida e’tirof etilganliklari va dastlabki yildagi o‘ziga xos «sinovlar»dan muvaqqiyatli o‘tib olganliklari ta’kidlandi. Shuningdek, tadbirlarda yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib rag‘batlantirildi.

Hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliev ham o‘zi tahsil olgan Quvasoy shahridagi 13-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilarni unutilmas anjuman bilan qutladi hamda ularga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Hududiy birlashma raisi maktab jamoasi joriy yilda o‘ziga xos yutuqlarga ham erishganligini ta’kidlab o‘tib, jumladan 11-sinf o‘quvchisi Inomjonov Navro‘zbek erishgan natijalarga alohida to‘xtaldi. Uning ximiya fani bo‘yicha respublika olimpiadasida ishtirok etib, g‘olib bo‘lganligi alohida e’tirof etib o‘tildi hamda unga kelgusi o‘qishlarida omadlar tilandi. Shundan so‘ng Navro‘zbek hududiy birlashmaning qimmatli sovg‘asi planshet bilan taqdirlandi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment