Mahallalar bilan ishlash samaradorligi

Mahallalar bilan ishlash samaradorligi

“Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida Toshloq tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limidagi tayanch guruhi faollari bilan uchrashuv tashkillandi. “Iste’molchi qonun himoyasida” deya nomlangan davra suhbatida ikki tomonlama hamkorlik masalalari hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Tadbirda mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi rahbari Sultonmurod Usmonov so‘z olib o‘z faoliyatlariga to‘xtalish barobarida, tuman jamiyati tomonidan olib borilayotgan ijobiy ishlar haqida ham mamnuniyat bilan gapirib o‘tdi. Tuman jamiyati raisi Ulug‘bek Mirzaumarov esa iste’molchilik ijtimoiy harakatiga doir so‘ngi qonunchilik yangiliklari borasida to‘xtalib, bo‘lim va tuman jamiyati o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik aloqalari va uning istiqbollari xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda iste’molchilik sohasiga oid masalalardagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal qilishda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilinib o‘tildi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment