Qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlari kuzatuvdan o‘tkаzilmoqda
Oltiariq tumanida ichki bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlab berilishi, bu jarayonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini o‘rganish yuzasidan hududiy birlashma topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tuman dehqon bozori qoshida tashkil etilgan veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi.
Jumladan, bozorlar hududiga sotish uchun olib kirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari: go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq, tuxum, meva va sabzavotlar hamda boshqa mahsulotlar sifat hamda xavfsizlik talablariga javob berishini tasdiqlovchi sotilayotgan mahsulotlarda VSE laboratoriyasining ma’lumotnomasi mavjudligi, sotuvchilar tomonidan iste’molchilarning so‘rovlari asosida taqdim qilinishi kabi holatlar ham kuzatuvdan o‘tkazildi.
O‘rganishlar doirasida bozor va VSE laboratoriyasi mas’ullariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari bo‘yicha tavsiyalar ham berib o‘tildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman jamiyati mutaxassisi
Post Comment