Tayanch guruhlari bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda

Tayanch guruhlari bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati mutahassislari ishtirokida tumandagi 30-maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida tashkillangan mazkur tadbirda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida qisqacha axborotlar berib o‘tildi. Shuningdek, tashkilot xodimlarini iste’molchi sifatida qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishlicha tavsiya, tushuntirish va huquqiy maslahatlar berib o‘tildi.

Hozirda hududda Federatsiya tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Isomiddin Abbasov
O‘zbekiston tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment