Kommunal xizmat idorasida tashkillangan tayanch guruhi faollari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

Kommunal xizmat idorasida tashkillangan tayanch guruhi faollari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

Toshloq tumanida “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” tadbirlari davom etmoqda. Federatsiya topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan mazkur oylik doirasida bugun tuman Elektr ta’minoti korxonasida tashkillangan tayanch guruhi faollari bilan ham muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tilib, aholidan iste’molchilik sohasiga oid masalalarda, xususan elektr ta’minoti masalalarida kelib tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar ham keng muhokama qilib o‘tildi.

Kun tartibidagi amsalalar yuzasidan tayanch guruhi faollarining fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment