Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida mediasavodxonlik bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida mediasavodxonlik bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati hamkorligida shahardagi 20-maktabgacha ta’lim tashkilotida internet xavfsizligi masalalaridagi yana bir seminar bo‘lib o‘tdi.

“Internet xavfsizligi – sohada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari” deb nomlangan mazkur tadbirda ishtirokchilarga internetdan foydalanishda medisavodxonlikning tutgan o‘rni va ahamiyati, shaxsda mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, spam, bank kartalari vositasidagi qallobliklar, fishing, kibertovlamachilik, kiberbulling, internetda bolalarni noxush axborotlardan himoya qilish masalalarida fikr va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi apparatlari faoliyati yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment