Bir qarzdorlikni ikki marta undirmoqchi bo‘lishdi

Bir qarzdorlikni ikki marta undirmoqchi bo‘lishdi

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tashrif buyurgan shu tumanda istiqomat qiluvchi iste’molchi L. tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yuklanayotgan 1 366 052 so‘m qarzdorlikni aslida joriy yil boshida to‘lagan bo‘lsalarda, ish negadir majburiy ijro byurosiga oshirilib, ushbu idora xodimi qarzdorlikni undirish harakatlarini amalga oshirish uchun kelganligini va u bilan adi-badi aytishishgacha borganligini aytib, yozma murojaatini topshirib ketgandi.

Murojaatni elektr ta’minoti idorasi ma’sul xodimlari bilan birgalikda o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, xonadonga yangi ASKUE elektron hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lib, iste’molchi qarzdorlik mavjud bo‘lganida avtomatik tarzda tarmoqdan o‘chish tizimiga ulangan bo‘lsada, mazkur hisoblagichga tashqi aralashuv yo‘li bilan peremichka qo‘yib olinib, avtomatik tarzda o‘chmaydigan qilib olinganligi sababli foydalanilgan elektr energiyasidan 01.12.2021 yil holatiga 1 366 052 so‘m qarzdorlikka solishtirma dalolatnoma ham tuzilganligi ma’lum bo‘ldi.

Iste’molchi ushbu dalolatnoma asosida 26.01.2022 yil kuni qarzdorlikni bartaraf qilgan. Lekin negadir tuman elektr ta’minoti korxonasi ushbu qarzdorlikni undirish bo‘yicha Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga yana xabarnoma kiritgan. Natijada tushunmovchilik yuzaga kelgan.

Murojaatni o‘rganish davomida iste’molchining qo‘lidagi mavjud to‘lov kvitansiyalari asosida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi. O‘rganish yakuni bilan esa iste’molchi bir marta to‘langan qarzdorlikni ikkinchi marta to‘lashdan xalos bo‘ldi.

Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment