Milliy forum bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent shahrida “Inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusidagi Milliy forum bo‘lib o‘tdi.
Forum ishida bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari qatori ayrim xorijiy davlatlarning vakolatxonalari vakillari ham ishtirok etdilar.
Forumning birinchi qismida yalpi majlis o‘tkazilib, undan so‘ng u ishini 2 ta sho‘’balarda davom ettirdi. Birinchi sho‘’ba “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish istiqbollari”, ikkinchi sho‘’ba “Inson huquqlarini himoya qilish va ta’minlashda
jamoatchilik nazoratining o‘rni” mavzularida bo‘lib, unda ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflarini ham o‘rtaga tashladilar.
Milliy forum nihoyasida sho‘balar ishi yuzasidan yakuniy xulosalar eshitilib, Milliy forumning yakuniy hujjati qabul qilindi.
Tadbir doirasida inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun faol nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment