Viloyat konferensiyasiga vakillar saylandi

Viloyat konferensiyasiga vakillar saylandi

Xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashining qaroriga ko‘ra, joriy yilning 19-24 sentyabr’ kunlarida respublikamiz tuman va shaharlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. shunday tadbirlardan biri Farg‘ona tumanida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Shukurali Junaydullaev iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ishtirokchilarga umumiy ma’lumotlarni berib o‘tdi. Muhokamada so‘z olganlar Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini hamda takliflarini bildirib o‘tdilar.

Yig‘ilishning ikkinchi yarmida viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasiga tumandan vakillar ham saylab olindi.

Farxodjon Rasuljonov
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment