Jamiyat faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashining qaroriga ko‘ra, joriy yilning 19-24 sentyabr’ kunlarida respublikamiz tuman va shaharlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Shu maqsadda Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda shahar jamiyati bilan uzviy hamkorlikda ish olib borayotgan tayanch guruhlari a’zolari va faollari ishtirok etdilar.
Umumiy yig‘ilishda jamiyat raisi R.Ulmasovning iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar mavzusida axboroti tinglandi. Muhokamalarda jamiyat va tayanch guruhlari faollari o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish borasidagi fikr va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
Yig‘ilish viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasiga delegatlar saylash bilan o‘z ish faoliyatini yakunladi.
Alisher Raximov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment