Medisavodxonlik borasida bilimlaringizni bir qadar oshirmoqchimisiz?

Medisavodxonlik borasida bilimlaringizni bir qadar oshirmoqchimisiz?

Bugungi kunda media axborot savodxonligi masalasi kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillardagi texnika va texnologiyalar taraqqiyoti ommaviy axborot vositalari, axborot manbalari va axborot yetkazib beruvchilar faoliyatining keskin kengayishiga olib kelib, odamlarga uning ulkan hajmidan foydalanish va almashinish imkonini yaratdi.

Axborotlarning ko‘pligi va rang-barangligi fuqarolardan mazkur axborotlar ichidan haqqoniylarini topa olish, tarqatilayotgan axborotlarni tanqidiy fikrlash yo‘li bilan to‘g‘ri baholay olish kabi ko‘nikmalarni talab qilmoqda.

«Tochka zreniya» («Nuqtainazar») gazetasi tahririyati tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, internet foydalanuvchilari o‘rtasida aynan mediasavodxonlik masalasini keng targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda barchada internetga kira olish imkoniyati mavjudligi, qolaversa ularnnig ko‘pchilik qismi ushbu jarayonda mobila aloqa vositasi bo‘lgan smartfonlardan keng foydalanishidan kelib chiqib, ishlab chiqilgan loyihaga ham «Medisavodxonlik. Smartfonlar olamida» deb nom berilgan.

E’tiborlisi, mazkur loyihada hududiy birlashma xodimi G‘ayrat Mamatqulov ham boshlovchi sifatida faol ishtirok etib bormoqda. Sizga ushbu loyiha ostida tayyorlangan videoroliklarni tahririyatning Youtube dagi Nuqtai nazar kanali orqali quyidagi havola orqali kuzatib borishni tavsiya qilamiz:

Hududiy birlashma Axborot xizmati

(foto Nuqtainazar.uz)

 

Post Comment