Iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan ehtiyot bo‘ling

Iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan ehtiyot bo‘ling

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori topshirig‘iga asosan Farg‘ona tumanida iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarilishi va muomalaga kiritilishini oldini olish maqsadida tuzilgan ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.

Ishchi guruhi tomonidan tuman hududida shu sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda kunlik o‘rganish ishlari olib borilyapti. O‘rganishlarda ayrim savdo do‘konlarining mas’ullari mahsulotlarning yaroqlilik (saqlash) muddatlariga jiddiy e’tibor qaratmayotganliklari natijasida savdo do‘konlarining rastalaridan bunday mahsulotlar o‘z vaqtida olib tashlanmaganligi holatlariga ham duch kelinmoqda. Har bir holat tegishli tartibda qayd qilinib, do‘kon mas’ullari tomonidan bunday mahsulotlarni tegishli ravishda sotuvdan olish va yo‘q qilinishi choralarini ko‘rilishi ta’minlamoqda.

Shuningdek, bu ishlar dehqon bozorlarida ham davom ettirilib, bu yerlarda ham iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni sotilishini oldini olish maqsadida tegishli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Amaldagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasiga ko‘ra, dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizasiya qilish man etiladi.

Jaxongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment