Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasida «Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining 2022 yil yanvar-sentabr oylari holatiga demografik ko‘rsatkichlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda ta’kidlandiki, Farg‘ona viloyatida aholi soni 01.10.2022 yil holatiga 3 mln 594,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 57,8 ming kishiga o‘sgan. Shularning 2 mln 220,2 mingini shahar aholisi, 1 mln 734,0 mingini esa qishloq aholisi tashkil etadi.

Viloyatimiz aholisining 57,0 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilardan iborat bo‘lsa, salkam uchdan bir qismi ushbu yoshdan kichik, 11,9 foizi esa mehnatga layoqat yoshidan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Viloyat aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi (01.01.2022 y. holatiga) 74,5 yosh bo‘lib, bu ko‘rsatkich erkaklarda o‘rtacha 72,5, ayollarda 76,5 yoshni tashkil qilmoqda ekan.

Viloyatda har bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan aholi soni o‘rtacha 585 kishi bo‘lib, aholi eng zich joylashgan hudud Qo‘qon shahridir (7 109,1). Yozyovonda esa aholi zichligi bir kvadrat kilometrga 286,3 kishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yil boshidan shu kunga qadar tug‘ilgan 74,1 ming nafar chaqaloqlarning 1 333 tasi egizaklar (2 nafar egizak).

O‘lim holatlarining 60,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari bilan bog‘liq, baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishdan o‘lim holatining qayd etilishi jamiga nisbatan 6,5 foizni tashkil qilgan.

Yil boshidan buyon 21 mingta nikohlar rasmiylashtirilib, 4 mingta nikohdan ajralishlar qayd qilingan.

Anjuman davomida boshqarma rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborotlarni taqdim qilish barobarida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar ham qaytarildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment