Federatsiya raisi Farg‘onada hududiy tuzilmalar mas’ul xodimlari bilan uchrashdi
Farg‘onada O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Toshpulatovich Sarimsoqov boshchiligida viloyatdagi tizim tashkilotlarida mehnat faoliyati olib borayotgan mas’ul xodimlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Federatsiya Markaziy apparati bo‘lim boshliqlari hamda Farg‘ona viloyat viloyat hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda tizim tashkilotlari tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, tanqidiy ko‘rib chiqildi. Ta’kidlandiki, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari (ishlari, xizmatlari) sifatini amaldagi qonunchilik normalari va talablariga mosligini o‘rganish borasidagi ishlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilan ishlash, ularning kasbiy bilim va mahoratini oshirish borasida qilinadigan ishlar ham talaygina. Hududiy tuzilmalarni adliya organlaridagi hisob ro‘yxatidan davlat ro‘yxatiga o‘ktazish ishlarini jadallashtirish lozim.
Federatsiya raisi tizimda respublika miqyosida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilar ekan, bu ishlarda Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlarining o‘rniga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, huquqiy himoya, matbuot va axborot hamda monitoring yo‘nalishida mehnat faoliyati olib borayotgan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, ular tomonidan erishilayotgan yutuqlar, faoliyatda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment