Fuqaroning shahar prokuraturasiga qilgan murojaati ijobiy yechim topdi

Fuqaroning shahar prokuraturasiga qilgan murojaati ijobiy yechim topdi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M.S.ning “shahar hududida faoliyat olib borayotgan savdo tarmog‘idan 2021 yilda iste’mol krediti shartlarida sotib olgan mahsuloti uchun to‘lovlarni to‘liq to‘lagan bo‘lishiga qaramay, iste’mol krediti tashkiloti unga qoldiq qarzdorlik mavjudligini da’vo qilayotganligi» masalasida shahar prokuraturasiga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2021 yilda shahardagi «Hamroh» savdo tarmog‘idan 2 yil muddatga, iste’mol krediti shartlarida mahsulot sotib oladi. Uning qo‘liga mahsulot qiymatini 24 oyi davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha grafik chiqarib beriladi. Muzokaralar jarayonida u mahsulot qiymatini qisqaroq muddatda to‘lash imkoniyati borligini, cho‘zib yurmasdan qisqaroq muddatda to‘lab yuborishini taklif qiladi. Mas’ul xodim unga tashkilotdagi tartib qoidalar bo‘yicha eng qisqa muddat 3 oylik qilib grafik chiqarib berishi mumkinligini tushuntiradi va umumiy summani 3 oyga bo‘lib ko‘rsatadi. Iste’molchi 3 oyga bo‘lib to‘lashga biroz qiynalishini aytib, 4 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashni taklif qiladi. Mas’ul xodim umumiy summani 4 oyga bo‘lib to‘langanda har oyda to‘lanadigan summani aytgach, u keyingi 4 oy davomida shu summalarni oyma-oy to‘lab boradi va oxirgi to‘lovidan so‘ng iste’mol kreditini to‘liq yopdim deb xotirjam yuraveradi.

Lekin oradan vaqtlar o‘tib, uni qarzdorlikni qolgan qismini to‘lash lozimligi bo‘yicha bezovta qilishadi. Aslida mas’ul xodim summani oylarga bo‘lganda adashib, to‘lanishi kerak bo‘lgan summadan kamroq summani hisoblab chiqargani oqibatida iste’molchi muayyan vaqtlar davomida 2 yillik grafik bo‘yicha go‘yoki oldindan to‘lovda bo‘lgan va keyingi oylarda to‘lov qilmasdan kelgan bo‘lib qolgan.

Murojaatni o‘rganish davomida olib borilgan muzokaralar va qonunchilik targ‘iboti natijalari, shuningdek iste’mol krediti tashkilotining taklifi bilan qolib ketgan to‘lov summasi va to‘lovni kechiktirgani sababli hisoblangan penyalarni chegirib tashlashga, iste’molchi asosiy summaning to‘lanmay qolgan 597 ming so‘m qismini to‘liq qoplashi bilan yuzaga kelgan tushunmovchilikni bartaraf etilishiga kelishilib, muammo hal etildi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment