Iste’molchi murojaati asosida uning 307 ming so‘mlik huquqi tiklab berildi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan shaharning «Milliy tiklanish» ko‘chasida yashovchi B.M.ning ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan xonadoniga assosiz qarzdorlik hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
«Farg‘ona shahar suv-oqova korxonasi xodimlari shaharning Surxtepa ko‘chasidagi menga qarashli bo‘lgan xonadondagi suv hisoblagichni almashtirish jarayonida eski hisoblagichdagi 2311 metr kub haqdorligimni yo‘qqa chiqarishgan…», – deydi fuqaro o‘z murojaatida va masalani ijobiy hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Mazkur murojaatni o‘rganish davomida shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan iste’molchi xonadonidagi hisoblagich ko‘rsatkichlari, amalga oshirilgan to‘lovlarga taalluqli hujjatlarni o‘rganib chiqilishi natijalariga ko‘ra to‘plangan hujjatlar «Farg‘ona suv ta’minoti» MChJning Farg‘ona shahar filialiga taqdim qilindi. Filialdan esa, 27.07.2023 yil kunidagi 426-sonli xat bilan, fuqaro murojaatida ko‘tarilgan masala o‘rganilib, «MChJ «Billing» bazasida qayta hisob-kitob qilinganligi va asossiz qarzdorlik olib tashlanganligi» to‘g‘risida javob olindi.
«… Federatsiya xodimlari o‘tkazgan o‘rganish ishlari natijasida mening zimmamdan asossiz qarzdorlik olib tashlanishiga va buning natijasida menga 307 000 so‘m naf keltirilishiga erishildi… Fuqarolarning iste’molchilik sohasidagi huquqlarini himoya qilishda o‘zlaringizni beminnat xizmatingizni ayamay, muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf qilishda olib borayotgan samarali ishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman», – deydi B.M. o‘rganish yakunlari bo‘yicha shahar jamiyatiga bergan minnatdorchilik xatida.
Muhammadaziz Isaqov,
shahar jamiyati mutaxassisi
Post Comment