Iste’molchining oldinroq xarid qilib olib qo‘ygan gulqog‘ozi almashtirib berildi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Mindonobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi I.Yu.ning do‘kondan xarid qilingan gulqog‘ozi (oboi)ni almashtirib berilmayotganligi masalasidagi murojaati o‘rganildi.
Murojaatchi xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida ishlatish uchun 4 dona gulqog‘ozini donasini 255 000 so‘mdan xarid qilib olib qo‘yadi, lekin xonadonda ta’mirlash ishlari boshlangan paytda ustalar bu miqdordagi gulqog‘oz yetarli emasligini aytishadi. U sotuvchiga kelib uchrashib, o‘sha gulqog‘ozdan yana kerakligini aytganida. sotuvchi bunday gulqog‘oz sotuvda qolmaganligini aytadi, shuningdek ushbu holatda iste’molchining «Bo‘lmasa bularni olib, o‘rniga boshqasini bering», – degan so‘roviga ham almashtirish muddatlari o‘tib ketganligini vaj qilib ko‘rsatib, almashtirib berishni rad qiladi.
Shahar jamiyati mutaxassislari mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchi bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bordilar. Qonunning 18-moddasida belgilab qo‘yilgan shartlarning mavjudligi, ya’ni tovar (gulqog‘oz)dan foydalanilmaganligi va shikast yetkazilmaganligi hamda qadog‘i bilan qaytarilayotganligi, shuningdek uning iste’mol xususiyatlari saqlanganligidan kelib chiqib, yuzaga kelgan vaziyatda iste’molchining muammosini hal qilib berish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Targ‘ibot ishlari natijasi bilan esa, 4 dona gulqog‘ozni sotuvchiga qaytarilib, qayta hisob-kitob ishlari o‘tkazilishi yo‘li bilan, o‘rniga sotuvda ko‘proq hajmda mavjud bo‘lgan boshqa gulqog‘ozga almashtirilishiga erishildi va iste’molchining 1 million 20 ming so‘m zarar ko‘rishining oldi olindi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi
Post Comment