Hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Farg‘ona viloyat hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Federatsiya Kengashining joriy yil 25 iyuldagi navbatdagi majlisi qarorlari ijrosini ta’minlash, joriy yil birinchi yarim yilligi faoliyat yakunlari hamda hududiy birlashma faoliyatiga taalluqli boshqa tashkiliy va joriy masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish doirasida hududda aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish, iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish, aholining iste’mol madaniyatini oshirishga doir ma’rifiy ishlarni olib borish borasidagi ishlar tanqidiy tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, joylarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, Federatsiya tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan monitoring hamda ijtimoiy tadqiqotlar natijalari, tuman (shahar) jamiyatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hudud rahbarlarining axborotlari tinglandi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqib, joylarda olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish, son va sifat jihatidan yaxshilash chora-tadbirlarini belgilash yuzasidan tegishli qarorlarini qabul qildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment