Iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlar asosli bo‘lib chiqdi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida fuqaro H. O. ning o‘z tasarrufida bo‘lgan hamda ancha vaqtdan buyon hech kim yashamaydigan xonadonga tabiiy gaz to‘lovlaridan asossiz qarzdorlik chiqarilganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.
– Menga qarashli bo‘lgan, Jomiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uydagi xonadonda hech kim yashamasligi bois, xonadon eski rusumdagi gaz hisoblagichda qolib ketgan. Bugungi kunda gaz idorasi ushbu xonadonda tabiiy gaz to‘lovlaridan 2 214 000 so‘m qarzdorlik yuzaga kelganligini da’vo qilmoqda, – deydi iste’molchi o‘z murojaatida.
Shahar jamiyati tomonidan mazkur murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganish iste’molchining yuzaga kelgan qarzdorlik noreal ekanligi xususidagi vajlarini asosli ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, bu borada shahar gaz idorasidan olingan rasmiy javob xatida ham murojaatda ko‘rsatilgan qarzdorlikni komp’yuter bazasida qayta hisob-kitob qilish uchun kerakli hujjatlar jamlanilib komissiya a’zolariga taqdim qilingani ma’lum qilindi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment