Iste’molchining salkam to‘rt million so‘mlik muammosi hal etib berildi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Sharq birlashuv ko‘chasida yashovchi N.A.ning xarid qilingan kir yuvish mashinasida nuqson aniqlangach sotuvchi tomonidan olib ketilib, uni sifatlisiga almashtirib berilishi ishlari paysalga solib kelinayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.
Murojaat egasiga ko‘ra, u 6 kg yuklamali Ziffler avtomat kir yuvish mashinasini Qo‘qon savdo kompleksi hududidagi savdo do‘konidan 3 906 000 so‘mga sotib olgan. Lekin foydalanishda nuqson aniqlangach, sotuvchiga qilgan murojaati asosida kir yuvish mashinasi olib ketilib, almashtirib berilishi va’da qilingan bo‘lsada, bu ishlar shu kunga qadar paysalga solib kelingan.
Shahar jamiyati mutaxassislari yuqorida nomi zikr etilgan savdo kompleksi hududida faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Sh.O. bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirishlari bilan muammo tezdagina yechim topdi. O‘rganish ishlari jarayonida iste’molchiga nuqsonli maishiy texnika o‘rniga xuddi shu rusumdagi va maqbul sifatdagi kir yuvish mashinasi yetkazib berildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
(illyustrativ foto)
Post Comment