Maishiy texnika bepul ta’mirlanib, iste’molchi xonadoniga yetkazib berildi

Maishiy texnika bepul ta’mirlanib, iste’molchi xonadoniga yetkazib berildi

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga «Eshon» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro R.Sh. o‘tgan yilning noyabr oyi oxirlarida 4 400 000 so‘mga xarid qilingan kir yuvish mashinasida nosozliklar yuzaga kelganligi va sotuvchiga bu borada qilingan murojaat ijobiy natija bermayotganligi xususidagi ma’lum qilib, muammoni ijobiy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Iste’molchiga ko‘ra, u «Texnomart» savdo do‘konidan «Beko» WSRE7512 PRS rusumidagi kir yuvish mashinasini 2023 yilning 29 noyabrida, to‘lovini naqd shaklda amalga oshirib, xarid qilgan. Joriy yilning mart oyiga kelib maishiy texnikada nosozliklar kuzatilgach, bu haqda savdo do‘koniga qilingan murojaatini qanoatlantirilishi masalasi esa tuman jamiyatiga murojaat qilgan kuniga qadar to‘liq hal qilinmasdan kelgan.

Murojaatni o‘rganish davomida savdo do‘koni, shuningdek, ushbu rusumdagi maishiy texnikalarga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi Qo‘qon shahrida joylashgan servis markazi mas’ullariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natijada nuqson aniqlangan kir yuvish mashinasi mas’ullar hisobidan servis markaziga eltilib, kafolatli ta’mirlash ishlarini o‘tkazilishi va iste’molchi xonadoniga soz holatda yetkazib berilishi ta’minlandi.

Hamidjon Axmedov,
tuman jamiyati raisi.

(illyustrativ foto)

Post Comment