Murojaatni o‘rganish ishlari davomida masala iste’molchi foydasiga hal bo‘ldi

Murojaatni o‘rganish ishlari davomida masala iste’molchi foydasiga hal bo‘ldi

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Turkiston» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T.X.(ayol)ning 150 000 so‘mga sotib olingan ko‘ylak sifatsiz chiqqanligi va uni sotuvchiga qaytarib topshirgan bo‘lsada, tovarni boshqa shunday tovarga almashtirib berilishi yoki pullarini qaytarilishi ishlari paysalga solinayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida sifatsiz tovarni qaytarganidan so‘ng, uning o‘rniga boshqa tovar olish maqsadida sotuvchi huzuriga bir-ikki marta borganligini, lekin sotuvchi mahsulotlari ichidan unga mos va ma’qul keladigani chiqmagani, shundan so‘ng pulini qaytarishlarini so‘raganligini, lekin puli hanuzgacha qaytarilmaganiligini ham ma’lum qiladi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida yakka tartibdagi tadbirkor K.Z. bilan uchrashilib, unga amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi o‘ziga sotilgan tovarda nuqson aniqlanganda, u bunday tovarni almashtirish yoki pulini qaytarish bo‘yicha talablarni qo‘yish huquqi mavjudligi tushuntirilganda, sotuvchi tomoni tovar nuqsonli emasligi, balki iste’molchiga yoqmaganligi vaji bilan qaytarilgani, uning tomonidan iste’molchiga tovarni boshqa xuddi shunday turdagisiga almashtirib berilishi va’da qilingani, lekin agar iste’molchi hohish bildirsa unga pulini istagan paytida qaytarib berishi mumkinligi yozma ravishda ma’lum qilindi. O‘rganish ishlari yakuni bilan iste’molchini qiynab turgan muammo uning foydasiga hal qilindi.

Isomiddin Abbasov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Post Comment